Tojikistondagi Inson huquqlari bo‘yicha vakil Umid Bobozoda Rossiya Ombudsmani Tatyana Moskalkovaga mehnat migrasiyasi masalasi bo‘yicha murojaat qildi. U Rossiyada Tojikiston fuqarolari huquqlari poymol etilishi holatlarini e’lon qildi va bu muammoni hal etishga chaqirdi.
Bobozoda o‘z murojaatida Rossiyada mehnat migrantlariga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish holatlari, jumladan «kaltaklash va haqorat qilish» holatlari haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston fuqarolari ko‘pincha Rossiyaga kirayotganda bir necha kun davomida «noqulay sharoitlarda» chegarada ushlab turilmoqda.
«Shu munosabat bilan Umid Bobozoda rossiyalik hamkasbi Tatyana Moskalkovani Rossiya Federasiyasi huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Tojikiston fuqarolari huquqlariga rioya etilishiga ko‘maklashish, bunday holatlarni nazoratga olish va tekshirishga chaqirdi», deyiladi murojaatda.