Tojikiston Qur’oni karim, shuningdek, boshqa muqaddas kitoblarni tahqirlovchi harakatlarni qoralaydi va kishilarni bag‘rikenglikka chaqiradi. Bu haqda Prezident Emomali Rahmon BMT Bosh assambleyasi sessiyasida gapirdi.
“Tojikiston xalqlarning e’tiqodi, jumladan Qur’oni Karim yoki insoniyatning boshqa tamadduniy va diniy qadriyatiga oid har qanday haqoratni qoralaydi”, degan davlat rahbari. Uning ta’kidlashicha, dindorlar tuyg‘usini haqoratlash, shuningdek “biror din yoki e’tiqodga nisbatan nafrat, zo‘ravonlik fojiali oqibatga olib keladi”.
BMT minbaridan Rahmon tinchlik g‘oyasini tashviqot qilishga ham chaqirdi:
- Bag‘rikenglik, tinchlik g‘oyasini targ‘ib qilish ig‘vogarlik, parchalanish, aqidaparastlik, ekstremizm, radikalizmga qarshi turishda eng yaxshi vosita, deb hisoblaymiz. Bir-birining qadr-qimmatini hurmatlash va e’tirof etishga asoslangan jamiyat sari harakatda birlashaylik.