Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Tojik-Afg‘on chegarasida 4 ta terrorchi yo‘q qilindi

Tojik-Afg‘on chegarasida 4 ta terrorchi yo‘q qilindi

Tojikiston chegarasida Afg‘onistondan o‘tgan 4 ta terrorchi yo‘q qilindi, deb xabar beadi Xovar.

Tojikiston Respublikasi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining Chegara qo‘shinlari matbuot markazi xabar berishicha, 2026 yil 18 yanvar kuni taxminan soat 00:30 da Shamsiddin Shohin tumanidagi 7-chegara postiga terrorchilik tashkilotining 4 ta a’zosi davlat chegarasini buzib, Afg‘onistonning Badaxshon viloyati Darbandak qishlog‘idan Tojikiston hududiga o‘tgan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida terrorchilarning joylashgan o‘rni aniqlandi. Chegarachilarning taslim bo‘lish talabi bajarilmagan, terrorchilar qurolli qarshilik ko‘rsatgan.

To‘qnashuv davomida 4 ta terrorchi zararsizlantirildi. Hodisa joyidan 3 ta «Kalashnikov» avtomati, 1 ta xorijiy miltiq, 6 ta o‘qdon, 183 dona AK va to‘poncha o‘qlari, 3 ta mobil telefon, 1 ta radioqabul qilgich va 1 ta qayiq musodara qilindi.

Idora mazkur hodisa bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilganini, hozirgi vaqtda davlat chegarasidagi vaziyat nazoratda ekanligini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 14:42. O'qildi: 406 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!