Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

"Tobutlar mashinalarda tashilmoqda": shifokor Italiyadagi "dahshatli vaziyat" haqida gapirdi

"Tobutlar mashinalarda tashilmoqda": shifokor Italiyadagi "dahshatli vaziyat" haqida gapirdi

Italiyadagi shifoxonalardan birida reanimatolog bo‘lib ishlaydigan Irina Shlichkova “60 daqiqa” dasturi davomida mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni dahshatli deb atadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 23 martga qadar Italiyada 24 shifokor vafot etgan.

Shu bilan birga, shifokor mamlakat hukumati harakat qilish zarur bo‘lgan paytni qo‘ldan boy berganini alohida ta’kidladi. Bunga esa epidemiologik xizmatning yo‘qligini o‘nlab sabablardan biri sifatida ko‘rsatdi.

"Mening Italiyada 22 yillik tajribam bor. Rossiyada, hattoki SSSR davrida ham o‘qiganman. O‘sha paytda ham bizga epidemiologiya fanidan dars berishgan, bizda shunday fan, yana shunday xizmat ham mavjud bo‘lgan. Ammo Italiyada, afsuski, bunday emas" – deydi shifokor.

Shuningdek, u eng qiyin vaziyat mamlakatning shimoliy hududlarida kuzatilayotganini ta’kidladi.

"Tasavvur qila olasizmi?! Bergamoning harbiy mashinalari bu shahardan 300 km radiusda ko‘milishi yoki krematoriyada yoqib yuborilishi mumkin bo‘lmagan odamlarning tobutlarini olib ketishadi. Qarindoshlar yaqinlari bilan xayrlashishmaydi, hattoki ularning qayerda ekanliklarini ham bilishmaydi. Bu dahshatli, dahshatli"- deya so‘zini yakunkagan Shlichkova.

Kiritildi: 22:15 26.03.2020. O'qildi: 5108 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!