Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

“TIV “Rossotrudnichestvo” faoliyatini tahlil qilishi kerak” – Alisher Qodirov

“TIV “Rossotrudnichestvo” faoliyatini tahlil qilishi kerak” – Alisher Qodirov

9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Respublika bo‘ylab o‘tkazilgan xotirlash tadbirlari fonida, jumladan, Toshkent shahrida ushbu kunga guyoki sobiq Sovet davlatining g‘alaba kuni sifatida tus berishga urinishlar kuzatildi.

Xususan, Yakkasaroy tumanidagi Birodarlik qabristonida shu kunni O‘zbekiston bayrog‘i ostida nishonlayotganlar “O‘lmas polk”chilarning qarshiligiga uchragan bo‘lsa, Chilonzor tumanidagi 188-maktab o‘qituvchisi Venera Basalyamovaning dars vaqtida o‘quvchilarni tadbirga jalb qilgani va va shu sabab ishdan bo‘shatilgani haqidagi xabarlar provakasion talqin qilinib turli rus tilli manbalarda tarqatilmoqda.

“Milliy tiklanish” partiyasi lideri Alisher Qodirov mazkur holatga o‘z munosabatini bildirib, “bog‘cha va maktablarda bolalarning ongostiga o‘zligimiz xo‘rlangan sovet davriga sog‘inch, ajdodlarimizni qirg‘in qilgan imperialistik ramzlarga muhabbatni singdirilishi milliy tahdid sifatida baholanishi zarur”ligini aytadi.

“O‘zbekistondagi bog‘cha va maktablar farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, o‘zligimizga mehr va sadoqat bilan tarbiyalash uchun kerak, tashqi propoganda targ‘iboti uchun emas. MMT vazirligidan bu masalada izoh so‘raladi”, – deb yozadi Qodirov.

U, shuningdek, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligiga “Rossotrudnichestvo” faoliyatini tahlil qilish haqida so‘rov yuborishni rejalashtirayotganini ma’lum qiladi.

“Non berib qo‘lidan ayrilgan xalqmiz, yaxshi niyatimiz suiste’mol qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi kerak”, – deydi (https://t.me/alisherQodir/2578)Alisher Qodirov.

Kiritildi: 10:27 13.05.2025. O'qildi: 508 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!