Bugun 14 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tinchlik bo‘yicha Nobel sovrindori Mariya Korino Machado o‘z mukofotini “Tramp va azob chekayotgan Venesuela xalqiga” bag‘ishlashini e’lon qildi

Tinchlik bo‘yicha Nobel sovrindori Mariya Korino Machado o‘z mukofotini “Tramp va azob chekayotgan Venesuela xalqiga”  bag‘ishlashini e’lon qildi

"Biz g‘alaba ostonasida turibmiz. Ozodlik va demokratiyaga erishishda asosiy ittifoqchilarimiz sifatida prezident Tramp, Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi, Lotin Amerikasi xalqlari va dunyoning demokratik mamlakatlariga tayanamiz. Men bu mukofotni azob chekayotgan Venesuela xalqiga va bizning ishimizni qat’iy ravishda qo‘llab-quvvatlayotgan prezident Trampga bag‘ishlayman!", — deb yozdi venesuelalik muxolif siyosatchi ijtimoiy tarmoqlarda.

U mukofotni “barcha venesuelaliklarning kurashini e’tirof etish” deb atab, bu “erkinlikni qo‘lga kiritish uchun turtki bo‘lishini” ta’kidladi.

Donald Tramp Machadoning postini o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida qayta joyladi, ammo unga hech qanday izoh bermadi.

Kiritildi: 17:24 11.10.2025. O'qildi: 931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!