Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Timur Kapadze: "Endi bu tarix"

Timur Kapadze: "Endi bu tarix"

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirokida matbuot anjumani boshlandi.

"Assalomu alaykum, albatta 3,5 yil oldin rahbariyat oldimizga yuqori maqsadni qo‘ydi. Bu davr mobaydnida katta yo‘lni bosib o‘tdik. Ko‘plab yoshlarga futbolda o‘z o‘rnini topishiga xizmat qilindi, "Olimpik" jamoasidan terma jamoaga chaqiruvlar olishdi.

Bu jamoa ilk mavsumdanoq nimalarga qodirligini ko‘rsata oldi. Pro ligadan Superligaga yo‘l ola bildik va shu davrga qadar stabil o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. Umuman olganda, 4 ta yirik musobaqada ishtirok etdik. Muxlislarimizni ishonchini oqlashga harakat qildik. Xudoga shukur, yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Eng asosiy vazifa — Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritdik. Qolgan turnirlarda ham munosib ishtirok eta oldik, deb o‘ylayman.

Bizni qo‘llab-quvvatlagan rahbariyatga, muxlislarimizga va barchangizga rahmat aytaman. Futbolimizni yangi bosqichga olib chiqish yo‘lida bor imkoniyatimizni ishga soldik. Endi bu tarix" - dedi Kapadze.

Kiritildi: 12:21 05.08.2024. O'qildi: 1169 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!