Ular qatorida Tramp, Netanyahu, papa Lev XIV bor
Nashrning nufuzli odamlar ro‘yxati oltita bo‘limni o‘z ichiga oladi. Bularga “Artistlar”, “Pionerlar”, “Titanlar”, “Ikonlar”, “Liderlar” va “Innovatorlar” kiradi.
“Liderlar” bo‘limidagi eng nufuzli shaxslar orasida AQSh prezidenti Donald Tramp, Rim papasi Lev XIV, Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum, AQSh davlat kotibi Marko Rubio, Kanada bosh vaziri Mark Karni, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, Yaponiya bosh vaziri Sanae Takaichi, Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom, Nyu York meri Zohran Mamdani, MAGATE rahbari Rafael Grossi, Xitoy rahbari Si Jinpin, SpaceX prezidenti Gvin Shotvell va boshqalar ham bor.
Time'ning qayd etishicha, Netanyahu bu ro‘yxatga beshinchi marta kiritilmoqda. Donald Tramp va Si Jinpin ham jurnal tomonidan muntazam ravishda eng nufuzli odamlar ro‘yxatidan joy olib keladi.