AQSh Giyohvand moddalarga qarshi kurash boshqarmasi marixuanani mamlakatda xavfi kamroq dori sifatida tasniflash mumkin bo‘lgan taklifni ishlab chiqdi. Bu haqda manbalarga tayanib, AP xabar berdi.
Yangi taklif nashani tibbiy maqsadlarda ishlatishga ruxsat beradi va u boshqa dorilarga qaraganda kamroq zararli ekanligini tan oladi. AP ta’kidlashicha, agar yangi tasnif tasdiqlansa, bu butun mamlakat bo‘ylab o‘zining oqibatlariga olib keladigan «tarixiy qadam» bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, agentlik manbalari ta’kidlashicha, tavsiyalar AQShda marixuanani federal darajada to‘liq qonuniylashtirish va undan ko‘ngilochar maqsadlarda foydalanishga ruxsat berishni anglatmaydi.
Qo‘shma Shtatlarda marixuanadan foydalanish federal darajada taqiqlangan, ammo turli shtatlar ushbu sohadagi qonunchilikni mustaqil ravishda tartibga solish huquqiga ega. Bir qator shtatlarda va Kolumbiya okrugida marixuanadan dam olish maqsadida foydalanish qonuniylashtirilgan. 30 dan ortiq shtatlar marixuanani tibbiy maqsadlarda sotishni jinoyat deb hisoblamaydi. Aksariyat hollarda nashadan saraton, glaukoma va boshqa bir qator kasalliklardan aziyat chekadiganga, shuningdek, insult, shikastlanish va depressiyadan tiklanish jarayonida foydalanishga ruxsat beriladi.
Avvalroq, AQSh prezidenti Jo Bayden «TikTok» ijtimoiy tarmog‘i mamlakatda sotilishi yoki taqiqlanishi kerakligi haqidagi qoidani ma’qullagan edi.