TikTok bosh direktoridan Ruminiyadagi saylovga ijtimoiy tarmoqning ta’siriga izoh olish uchun Yevropa parlamentiga kelishi so‘raldi.
Evroparlamentning “Evropani yangilash” liberal siyosiy guruhi rahbari Valeri Hayerning so‘zlariga ko‘ra, TikTok bosh direktori o‘z platformasi Yevropa Ittifoqining raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunini (DSA) buzmasligiga ishonch hosil qilishi kerak.
Shu bilan birga, TikTok vakili Paolo Ganino platformaning Ruminiyadagi prezidentlik saylovining birinchi turi natijalariga ta’siri haqidagi bayonotlarni "spekulyativ" deb atadi.