📎 Davlatimiz rahbarining 2023 yil 20 iyundagi tegishli qarori bilan Sog‘liqni saqlash vazirligining Lisenziyalash va akkreditasiyalash boshqarmasi negizida tibbiy faoliyatni lisenziyalash va nodavlat tibbiyot tashkilotlarini akkreditasiyalash funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat muassasasi shaklidagi Tibbiyot tashkilotlarini lisenziyalash va akkreditasiyalash markazi tashkil etilgan edi.
📑 Joriy yil 24 iyulda qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Tibbiyot tashkilotlarini lisenziyalash va akkreditasiyalash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan ushbu Markazning asosiy vazifalari belgilandi.
🟢 Ular quyidagilardan iborat:
🔹tibbiyot tashkilotlarini lisenziyalash va akkreditasiyalashni ta’minlash;
🔹tibbiyot tashkilotlarini lisenziyalash va akkreditasiyalashda ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan talablarni ishlab chiqish;
🔹lisenziatlarning tibbiy xizmatlar sifati, lisenziya talab va shartlari nazoratini amalga oshirish;
🔹tibbiyotning nodavlat sektorini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy mexanizmlarini hamda ularni barqaror rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;
🔹nodavlat tibbiyot tashkilotlarini xalqaro tan olingan akkreditasiyalashda qatnashish va ularni qo‘llab-quvvatlash;
🔹xalqaro tan olingan akkreditasiya tashkilotlarini jalb qilish orqali mahalliy tibbiy xizmatlar sifatini oshirish va “xavfsiz tibbiyot” standartlarini joriy qilish;
🔹tibbiyot tashkilotlarini akkreditasiyalashning milliy tizimini joriy etish.
📔Shuningdek, yuqoridagi qaror bilan Tibbiy faoliyatni lisenziyalashning yangilangan pasporti qabul qilinib, u 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.