“Kichik Oy” deb atalayotgan 2024 PT5 asteroidi Quyosh tomon harakatlana boshlaydi va 2055 yilga kelib Yerdan uzoqlashadi.
Bu haqda The Guardian gazetasi AQSh Milliy aeronavtika va koinot boshqarmasi (NASA) Yerga yaqin ob’ektlarni o‘rganish markazi olimlari ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, asteroid hozirda Yerdan 3,2 million kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, bu Oygacha bo‘lgan masofadan taxminan to‘qqiz baravar ko‘pdir. U hech qachon Yerga sayyoraning tortishish kuchi ta’siriga tushib qoladigan darajada yaqinlashmagan.
Tadqiqotchilarning fikricha, ob’ekt ko‘p yillar oldin asteroid to‘qnashuvidan so‘ng Oy yuzasidan parchalanib ketgan katta tosh bo‘lagi bo‘lishi mumkin.
Asteroid Quyoshning gravitasiya kuchi vositasida tortib olinishidan oldin, yanvar oyida Yerga so‘nggi marta 1,7 million kilometr masofada yaqinlashishi kutilmoqda. Biroq, ob’ekt diametri taxminan 10 metr, ya’ni kichik o‘lchamga ega ekanligi uchun uni oddiy ko‘z bilan ko‘rishning imkoni yo‘q, deb xabar beradi report.az.