AQShning “The Economist” nashri o‘zining yangi soni muqovasiga yaralangan va doka bilan bog‘lab tashlangan burgut rasmini (Burgut Amerika ramzi hisoblanadi) joylashtirdi va Donald Trampning prezidentlik muddati tugashiga qancha kun qolganini eslatdi.
– Donald Tramp Qo‘shma Shtatlarga o‘nglab bo‘lmaydigan zarar yetkazib bo‘ldi. Uning inqilobiy loyihalari amalga osharmikan? -deb yozilgan nashr muqovasida.
Shuningdek, “The Ecomonist” Tramp muddatining tugashiga “atigi 1361 kun” qolganini ham eslatgan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy oy boshida ushbu nashr Vashington boshqa mamlakatlardan import qilinadigan mahsulotlarga tariflarni joriy qilganidan so‘ng, Trampning arra bilan AQShni dunyoning qolgan qismidan uzib qo‘ygani tasvirlangan muqovasini e’lon qilgandi.