Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

The Economist jurnali 2025 yil uchun o‘z kutilmalari aks etgan muqovasini e’lon qildi

A A A
The Economist jurnali 2025 yil uchun o‘z kutilmalari aks etgan muqovasini e’lon qildi

Unda Donald Tramp, Vladimir Putin, Volodimir Zelenskiy, Ursula fon der Lyayen va Si Jinpinning suratlari ko‘rsatilgan.

Shu bilan birga, muqovada yadroviy mavzudagi bir nechta elementlar mavjud - raketa, portlash, radioaktivlik belgisi va atom ramzi.

Bundan tashqari, unda dollar ramzi, Saturn, Amerika qit’asi, qizil suyuqlik solingan shpris, elektromobil, qum soati va boshqalar tasvirlangan.

"Donald Tramp qaytdi: global oqibatlar. Savdo urushlari: dahshatli istiqbol. Geosiyosat: Amerika ittifoqchilarini hozir nima kutmoqda? Immigrasiya: yaqinlashib kelayotgan chegara nazorati kuchaytirilishi. Iqlim: geoinjeneriya haqida gapirish vaqti. Sun’iy intellekt uchun muhim yil: pul tikish mumkinmi? Sun’iy intellekt umidlarni oqlaydimi?", degan yozuvlar ham muqovada qayd etilgan.

Kiritildi: 16:12 20.11.2024. O'qildi: 1701 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!