2023 yil 15 iyul kuni talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlarining mos hamda turdosh ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlangan edi.
Arizalar my.uzbmb.uz sayti orqali 5 avgust kuni 23:59 ga qadar onlayn tarzda qabul qilindi va mazkur muddat davomida 54 260 ta ariza kelib tushdi.
Bunda arizasi rad etilgan talabgorlar uchun 5 avgustdan so‘ng ham qayta ariza yuborish imkoniyati berilgan bo‘lib, qayta ariza yuborish ertaga, 10 avgust kuni 12:00 da yakunlanadi.
Arizasi tasdiqlangan talabgorlar esa to‘lovni ertaga 10 avgust 23:59 ga qadar amalga oshirish mumkin.
Mazkur muddat davomida to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarning arizasi inobatga olinmaydi va ularga test sinovida ishtirok etishga ruxsat berilmaydi.