Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Tezkor! Ramzan Qodirovning ahvoli og‘ir

Tezkor! Ramzan Qodirovning ahvoli og‘ir

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov, norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, og‘ir o‘pka shikastlanishi bilan kasalxonaga yotqizilgan va koronavirus bilan kasallangan deb taxmin qilinmoqda, uning ahvoli og‘ir.

Manbalarga ko‘ra, shifokorlar Qodirovning kasalligi taxminan ikki-uch hafta oldin boshlanganligini taxmin qilishmoqda. Qayd etilishicha, birinchi alomatlar paydo bo‘la boshlaganida Chechiniston rahbari o‘zidagi bu holatni shunchaki shamollash sifatida qabul qilgan, ammo bir hafta o‘tgach, o‘zini "odatdagidan ancha yomonroq" his qila boshlagan. Hozirda u o‘pka shikastlanishi bilan Moskva kasalxonasiga yotqizilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ramzan Qodirovga infeksiya taxminan 2-3 hafta oldin, Chechenistonning Urus-Martan tumani rahbari Valid Abdurashidovning oldiga borganida yuqqan. Ramzan Qodirov koronavirus bilan kasallangan Abdurashidovni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilgan.

Biroq, qayd etilishicha, bemorning yoniga kirgan paytida rahbar ehtiyot chorasini ko‘rmagan, talab qilinganidek kiyinmagan hamda oddiy niqobda kirib borgan. Hatto bemorni quchoqlagan.

Kiritildi: 23:03 22.05.2020. O'qildi: 9512 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!