Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Tezkor! Qaysi avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi?

Tezkor! Qaysi avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi?

Quyidagi avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi:

✅O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning diplomatik xizmati xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining takliflariga muvofiq tashrif etilgan xalqaro tashkilotlarning delegasiyalari a’zolarining tegishli avtotransport vositalariga;

✅Aholi va tashkilotlarga kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga (gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti, sovuq suv, suv oqava va boshqa tashkilotlar) tegishli avtotransport vositalariga;

✅aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarga tegishli avtotransport vositalari hamda “O‘zbekiston pochtasi” AJning pochta jo‘natmalariga;

✅tijorat banklariga tegishli xizmat avtotransport vositalariga;

✅tibbiy va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarning avtotransport vositalariga;

✅huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus hamda qutqaruv korxonalarining avtotransport vositalariga;

✅N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalariga hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kelayotgan M1 (bir nafar yo‘lovchi bilan) toifadagi avtotransport vositalariga;

✅viloyat, shahar va tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlarining avtotransport vositalariga;
yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish lisenziyasiga ega bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilarga (o‘zlarining ro‘yxatdan o‘tgan ma’muriy hududi doirasida) yo‘lovchilarsiz, yetkazib berish xizmati (kuryer, dostavka)lariga;

✅etkazib berish xizmati (keytering) tashkilotlarining avtotransport vositalariga, shuningdek, yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlarning yetkazib berish xizmatini ko‘rsatayotgan avtotransport vositalariga;

✅fuqarolarga kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatish (homiladorlik, tan jarohati, inson hayotiga xavf tug‘dirayotgan boshqa holatlar) bilan bog‘liq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalariga;

✅dafn marosimlarida xizmat ko‘rsatuvchi maxsus avtotransport vositalariga;

✅yo‘l-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari shular jumlasidan.

✅Qayd etish lozimki, maxsus ruxsatnoma talab etiladigan avtotransport vositalariga (tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda) Maxsus ruxsatnomalar berish tizimi joriy yilning 29 mart soat 09:00 dan amaliyotga joriy etiladi.

Kiritildi: 00:07 29.03.2020. O'qildi: 4597 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!