Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Tezak yoqib pishirilgan nonni yeyish mumkinmi?

Tezak yoqib pishirilgan nonni yeyish mumkinmi?

— Azaldan ota-bobolarimiz tezak (tappi)ni tandirga yoqib non qilib kelgan. Hozir ham ba’zi qishloqlarimizda shunday qilishadi. Lekin uning shar’iy hukmi haqida eshitmagan ekanman. Tezak yoqib pishirilgan nonni yesa bo‘ladimi?

— Hayvonning go‘ngi va quritilgan tezagini yoqib unda pishirilgan taom va non halol bo‘ladi. Ulamolar tezak yoqilishi bilan u istihola bo‘ladi, deyishgan. Ya’ni olov sababli moqiyati o‘zgaradi.

Najosatni poklashning bir qancha yo‘llari bor. Masalan, yuvish, artish, yerga surtish. Fuqaholarimiz o‘zlarining fatvo kitoblarida jumladan shunday deydilar:

“Najosatni poklashning yana bir yo‘li yoqishdir. Tezak yoqilsa va u kulga aylansa, Imom Muhammadning nazdida pokligiga hukm qilinadi. Shunga fatvo berilgan” (“Xulosatul fatavo”, “Fatavoi Hindiya”).

Alloma Haskafiy esa bunday deydi: “Tezakning kuli najas hisoblanmaydi. Aks holda barcha diyorlarda nonni (tezak bilan pishirish oqibatida) najas bo‘lishi kelib chiqardi” (Durrul muxtor).

Agar tandir tezak bilan qizdirilsa, unda non yopish makruh, agar tandirga suv sepilsa, makruhlik yo‘qqa chiqadi. (“Fatavoi hindiya”, “Qunya”)

Demak, tezak yoqib non pishirilsa, non pok va iste’molga yaroqli hisoblanadi. Qolaversa, bu ish azaldan odamlar orasida ommaviy ehtiyojga aylangan. Vallohu a’lam!

Muhammad Ayyub HOMIDOV

Kiritildi: 13:17 25.02.2021. O'qildi: 6049 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!