Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Texnologiyada katta portlash! 300 million dollarlik kelishuv

Texnologiyada katta portlash! 300 million dollarlik kelishuv

Ilon Mask va Pavel Durov Grok sun’iy intellektini Telegram'ga integrasiya qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

"Bu yozda Telegram foydalanuvchilari bozordagi eng ilg‘or sun’iy intellekt texnologiyasiga ega bo‘ladilar. Ilon Mask va men 1 yillik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdik — bu orqali xAI kompaniyasining Grok chatboti milliarddan ortiq foydalanuvchilarimizga taqdim etiladi va barcha Telegram ilovalariga integrasiya qilinadi", — deya ma’lum qildi Telegram asoschisi.

Durov o‘z postiga ilova qilgan videoda Grok yordamida messenjerda savollarga javob topish, postlarni tahrirlash, xulosa yasash, avatar va emojilar yaratish mumkinligi ko‘rsatilgan.

"Bu Telegram'ning moliyaviy holatini ham mustahkamlaydi: biz xAI'dan naqd pul va aksiyalar ko‘rinishida 300 million dollar olamiz, shuningdek Telegram orqali sotilgan xAI obunalaridan 50 foiz daromad ko‘ramiz", — deya qo‘shimcha qildi Durov.

Shu bilan birga, Pavel Durov Telegram'ning pullik obunachilari soni 15 milliondan ortganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 21:37 28.05.2025. O'qildi: 1003 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!