Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Texnikum bitiruvchilariga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi

Texnikum bitiruvchilariga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi

Hozirda professional ta’lim tizimi 3 turdagi jami 672 ta muassasa: 333 ta kasb-hunar maktabi, 112 ta kollej va 227 ta texnikumdan iborat bo‘lib, ushbu muassasalar tabaqalashgani va dasturlari o‘rtasida uzviylik bo‘lmagani natijasida ularning quvvatlaridan unumli foydalanilmayotgani aniqlangan.

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova ma’lumotlariga ko‘ra, professional ta’limda yaxlit boshqaruv tizimi mavjud bo‘lmagani va muassasalar 27 ta vazirlik va idora bo‘ysunuviga berilgani sababli ularning faoliyati samarali tashkil etilmagan. Vazirliklar o‘rtasida muvofiqlashtirish bo‘lmagani uchun 75 ta kasbga o‘qitish markazida o‘qitilayotgan 30 dan ortiq kasb yaqin hududdagi 275 ta professional ta’lim muassasasida ham o‘qitilmoqda.

Endilikda davlatimiz rahbarining 2024 yil 16 oktyabrdagi “Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro ta’lim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan O‘zbekistonda kasbiy ta’limning barcha darajalari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydigan yagona texnikumlar tarmog‘i tashkil etiladi.

3 turdagi muassasa optimallashtirilib, ularning negizida barcha darajalar va yo‘nalishlar bo‘yicha kadr tayyorlaydigan yagona muassasa turi – texnikumlar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bunda 672 ta profta’lim muassasasi negizida 600 ta texnikum tashkil etiladi, 71 ta ta’lim muassasasi maktablarga berilib, 42 mingta yangi o‘quvchi o‘rni yaratiladi. Barcha dasturlarni bitta muassasa negizida o‘qitish natijasida ta’lim darajalarining uzviyligi, uzluksizligi va integrasiyasi ta’minlanadi hamda ularning smena koeffisiyenti normallashadi.

14 ta texnikumda tajriba tariqasida 12 ta kvalifikasiya bo‘yicha Pirson kompaniyasining BITEK dasturi joriy qilinadi.

Kiritildi: Bugun 12:00. O'qildi: 493 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!