Bugun 8 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tesla savdo tariflari tufayli Xitoydan ehtiyot qismlar importini to‘xtatadi

Tesla savdo tariflari tufayli Xitoydan ehtiyot qismlar importini to‘xtatadi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati tomonidan joriy qilingan bojlar Amerikaning Tesla kompaniyasining Cybercab robot taksilari va Semi elektr yuk mashinalari uchun butlovchi qismlarni Xitoydan sotib olish rejalarini barbod qildi. Bu haqda Reuters yozmoqda.

Reuters manbasiga tayanib xabar berishicha, AQSh Hukumat Samaradorlik Departamenti (DOGE) kuratori Ilon Maskga tegishli kompaniya Tramp Xitoy tovarlariga 34 foizlik tariflarni joriy qilganidan keyin qo‘shimcha xarajatlarni qoplashga tayyor edi, ammo amaldagi 145 foizlik bojlar Teslani Xitoydan ehtiyot qismlar importini noma’lum muddatga kechiktirishga majbur qildi. Bu kompaniyaning 2026 yilga mo‘ljallangan yangi modellarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Ushbu maqsadga erishish uchun Tesla yaqin oylarda kerakli komponentlarni xarid qilishni va olishni boshlashi kerak.

Kiritildi: 12:20 16.04.2025. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!