Bugun 25 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Fayzullayevning nima uchun Turkiya chempionatiga ketayotganini tushuntirdi

Rossiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Fayzullayevning nima uchun Turkiya chempionatiga ketayotganini tushuntirdi

Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Pavel Pogrebnyak SSKAdan Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubiga o‘tadigan Abbosbek Fayzullayevning transferi haqida gapirdi.

"Abbosning o‘ziga kelsak, u Turkiya chempionati orqali porlamoqchi va o‘zini jiddiyroq chempionatda sinab ko‘rmoqchi. Bu yerda hammasi aniq ko‘rinib turibdi", - dedi Pogrebnyak "RB Sport" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek SSKA safida deyarli roppa-rosa ikki yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. "Harbiylar" tarkibida u Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori, Rossiya kubogi va Superkubogi sohibi bo‘ldi.

Kiritildi: 23:37 23.07.2025. O'qildi: 2061 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!