Bugun 30 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tesla’ning yillik daromadi 37 foizga kamaydi

Tesla’ning yillik daromadi 37 foizga kamaydi

Tesla 2025 yilning uchinchi choragidagi sof foydasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 37 foizga tushdi, deya ma’lum qildi kompaniya o‘z hisobotida.

Iyuldan sentyabrgacha bo‘lgan davrda kompaniyaning jahon bozoridagi sof foydasi 1,37 milliard dollarni tashkil etdi, bu esa 2024 yilning shu davridagi 2,17 milliard dollarga nisbatan ancha past ko‘rsatkichdir. Yil boshidan sentyabrgacha bo‘lgan umumiy natijalar ham 37 foizga pasaygan. Kompaniya buning sababini AQSh bojxona to‘lovlari va ichki qayta tashkilotlashtirish jarayonlariga bog‘liq xarajatlar oshishi bilan izohlagan.

Tahlilchilarning fikricha, so‘nggi chorak kompaniya uchun yanada qiyin kechishi mumkin. Sentyabr oyida kuzatilgan sotuvlar o‘sishi kelasi oylarda sekinlashishi ehtimol qilinmoqda. Shu bilan birga, Tesla bu yil elektr transport vositalari bozoridagi yetakchilikni Xitoyning BYD kompaniyasiga boy berdi, hozirda aynan shu kompaniya jahon bozorida ustunlikni saqlab turibdi.

Kiritildi: 22:45 26.10.2025. O'qildi: 586 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!