Tesla sotuvi butun dunyoda keskin kamaydi va AQShda avtomobillar vandalizm nishoniga aylanib bormoqda. Shu tariqa AQShning bir qancha shaharlarida noma’lum shaxslar molotov kokteyli yordamida avtomobillar va quvvatlantirish stansiyalariga o‘t qo‘ydi.
“Brendga sodiqlik Ilon Maskning davlat boshqaruvidagi jamoatchilik ishtiroki va Tesla 'ning devalvasiyasi haqidagi xavotirlari tufayli borgan sari shubhali bo‘lib bormoqda, bu esa aloqani yo‘qotish tuyg‘usiga olib keladi”, — dedi Edmunds avtomobil bozori tadqiqot kompaniyasi vakili Jessica Caldwell.
Hozirda avtomobil xaridorlarining atigi 1,8 foizi Tesla sotib olish haqida o‘ylashmoqda. O‘tgan yilning noyabr oyida bu ko‘rsatkich 3,3 foizni tashkil etgan edi. Aksiya narxi ham dekabr oyidagi rekord darajadagi 480 dollardan 236 dollarga tushdi.
AQSh Bosh prokurori Pam Bondi Tesla avtomobillarini yoqib yuborishda gumon qilingan uch kishiga 5 yildan 20 yilgacha qamoq jazosi qo‘zg‘atdi. Shu bilan birga, AQSh Savdo vaziri Govard Lutnik amerikaliklarga Fox News telekanalida Tesla aksiyalarini sotib olishni maslahat berdi. Biroq, tavsiya ish bermadi - Tesla aksiyalari hali ham tushib ketdi.
Trampning o‘zi o‘tgan dam olish kunlari Ilon Maskni faol qo‘llab-quvvatladi: u bilan Oq uyda hashamatli Tesla'da paydo bo‘ldi va o‘zi uchun shunday mashina sotib olishi mumkinligini aytdi.