Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Terrorchilarga qarshi operasiya: fransuz askari halok bo‘ldi, to‘qqiz askar yaralangan

A A A
Terrorchilarga qarshi operasiya: fransuz askari halok bo‘ldi, to‘qqiz askar yaralangan

Elisey saroyi rasmiy tvitter sahifasining yakshanba kuni bergan xabariga ko‘ra, «Barxan» operasiyasida qatnashgan fransuz askari Aleksandr Martin Malida bazaga minomyot hujumi natijasida halok bo‘ldi.

Associated Press agentligining ma’lum qilishicha, yana to‘qqiz nafar askar yaralangan. Hujumdan so‘ng hujumchilarning pozisiyalariga zarba berish uchun vertolyotlar havoga ko‘tarildi.

Terrorchi guruhlarga qarshi «Barxan» operasiyasi 2013-2014 yillarda Malidagi «Serval» operasiyasining davomi edi. U yana to‘rtta shtatga kengaytirildi: Mavritaniya, Burkina-Faso, Niger va Chad.

Kiritildi: 22:57 23.01.2022. O'qildi: 2764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!