Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Terrorchi tashkilot Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlari uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi

Terrorchi tashkilot Turkiyadagi o‘rmon yong‘inlari uchun javobgarlikni o‘z bo‘yniga oldi

Turkiyaidagi o‘rmon yong‘inlari uchun javobgarlikni “Olov bolalari” nomli terrorchi tashkilot o‘z bo‘yniga oldi, deb xabar qilmoqda Yeni Şafak gazetasi.
“Olov bolalari” Turkiyada terrorchi tashkilot maqomiga ega bo‘lib, u “Qurdiston ishchi partiyasi”ga aloqador. Terrorchilar bayonotida aytilishicha, ular “turk rejimini olov yordamida tiz cho‘ktirish” maqsadida o‘rmon yong‘inlarini ataylab uyushtirishgan.
Turkiya rasmiy vakillari ushbu xabarga hozircha hech qanday izoh berishmagan.
Anomal issiq tufayli so‘nggi kunlarda Turkiyaning ko‘plab hududlarida o‘rmonlar yong‘in ichida qolgan. Olov hatto kurort shaharlarga ham juda yaqin kelib qolgan. Xususan 29 iyul kuni Marmaris va Bodrumdagi bir necha mehmonxonalardan sayyohlarni evakuasiya qilishga majbur bo‘lgan edi.

Kiritildi: 17:16 02.08.2021. O'qildi: 3069 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!