Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Termizda «Labo» beton ustunga urildi

Termizda «Labo»  beton ustunga urildi

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 14 noyabr kuni «Labo» rusumli avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa 2021 yilning 13 noyabridan 14 noyabrga o‘tar kechasi taxminan 00:30 da sodir bo‘lgan. Barkamol avlod hamda Ko‘zmunchoq ko‘chalari kesishgan chorrahada «Labo» rusumli transport vositasida harakatlanayotgan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l o‘rtasida joylashgan beton ustunga urilgan.


Qayd etilishicha, voqea oqibatida haydovchi olgan tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, vafot etgan.

Kiritildi: 12:52 15.11.2021. O'qildi: 2998 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!