Bugun, 9-avgust kuni soat 14:01 da Surxondaryo viloyati Termiz tumani, “Bunyodkor” MFYda joylashgan “Farg‘ona azot” AJga qarashli omborxonalarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVB xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:10 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 14:15 da qurshab olingan va soat 15:20 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida taxminan 70-80 kv.m maydonda omborxonaning ichida bo‘lgan ko‘mir mahsuloti yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.