Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Terakt sodir etilgan majmua «Crocus City Hall» kimga tegishli?

A A A
Terakt sodir etilgan majmua «Crocus City Hall» kimga tegishli?

«Crocus City Hall» — rossiyalik biznesmen Aras Agalarovning Crocus Group kompaniyasining eng asosiy aktivlaridan biri. Crocus Group Rossiyaning eng yirik qurilish kompaniyasi hisoblanadi.

Aras Agalarovga bir necha bor o‘ta murakkab ob’ektlarni qurish ishonib topshirilgan. Jumladan Rossiyada o‘tgan JCH-2018 stadionlarining qurilishi ham. Masalan, Moskvadagi markaziy halqa avtomobil yo‘lining uchastkalaridan birini ham Crocus Group qurgan.

«Crocus City» — Aras Agalarovning eng yirik aktivi va Rossiyadagi eng yirik savdo-ko‘rgazma majmuasi hisoblanadi. Uning tarkibiga «Crocus Expo» ko‘rgazma maydonchasi, «Crocus City Hall» konsert zali va «Crocus Cuty Mall» savdo markazi kiradi.

2013 yilda Moskvaga qilgan tashrifi chog‘ida Donald Tramp uch kun «Crocus»da mehmon bo‘lgan. O‘shanda AQShning bo‘lajak prezidenti Aras Agalarov bilan Moskvada «Trump Tower» qurish bo‘yicha muzokaralar olib borgan.

Ayni paytda Aras Agalarov o‘g‘li Emin bilan terakt sodir etilgan joyda hozir bo‘lib turibdi. «Konsert zali rahbariyati va xavfsizlik xizmati bilan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazilmoqda», — deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.

Kiritildi: 11:54 23.03.2024. O'qildi: 3083 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!