Bugun 26 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

“Temur tuzuklari” asarining asl qo‘lyozmasi hozir qayerda?

“Temur tuzuklari” asarining asl qo‘lyozmasi hozir qayerda?

Sohibqiron Amir Temur bobomizga tegishli bo‘lgan va hozirgi davrga qadar saqlanib qolgan ashyolar haqida bilasizmi? 

Amir Temur qilichi. Tig‘ qismi po‘latdan, sopi esa oltindan yasalib, qimmatbaho toshlar qadalgan bu qilich hozirda Erondagi “Mashhad” saroy muzeyida saqlanmoqda. 

Sohibqiron sovuti. La’l va zumrad qadalgan ushbu sovut Turkiyadagi milliy universitet muzeyidan joy olgan.

“Temur tuzuklari” asarining asl qo‘lyozmasi. Ushbu asar hozirda Fransiyaning “Rotshild” muzeyiga qo‘yilgan.

Amir Temur uzugi. Oltindan yasalib, qimmatbaho nefrit tosh qadalgan va fors tilida “Rosti-Rusti”, ya’ni “Kuch adolatdadir” yozuvli bu uzuk AQShdagi Metropoliten muzeyida saqlanmoqda. 

Amir Temur yoquti. Bu bebaho boylik Sohibqironga Hindistonga qilgan yurishida hadya qilingan. Unga qadar ham 800 yillik tarixga ega bo‘lgan. Bu yoqut hozirda Quvaytdagi “Islom boyliklari” xususiy kolleksioneri muzeyidan o‘rin egallangan.
 

Kiritildi: 12:22 10.04.2021. O'qildi: 5563 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!