Yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Hujjatga ko‘ra, temiryo‘l transporti va metropolitenda harakat hamda tashish xavfsizligi talablarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.
Qo‘shimchalarga muvofiq:
- temiryo‘l transporti va metropolitenda harakat va tashish xavfsizligi talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslar va xizmatchilarga BHMning 10 baravari miqdorida jarima solish nazarda tutiladi;
- shuningdek, temiryo‘l va metropolitenda xavfsizlik buzilishi bilan bog‘liq hodisa yoki u haqdagi ma’lumotlarni qasddan yashirish ham mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravari miqdorida jarimaga sabab bo‘lishi belgilandi;
- avtomobil transportida tegishli guvohnoma yonida bo‘lmagan holda yo‘lovchi tashish, yo‘l haqi tariflarini oshirish, muntazam yo‘nalish bo‘yicha tasdiqlangan qatnov jadvaliga amal qilmaslik, tasdiqlangan yo‘nalish sxemasidan chetga chiqish uchun BHMning 3 baravari miqdorida jarima qo‘llash ko‘zda tutildi.