Muhimi, stansiyalarda yuklarni to‘lovsiz tushirish vaqti 2 soatdan 3 kunga uzaygani uchun tadbirkorlar yiliga 57 milliard so‘m tejayapti.
Aviasiya sohasida ham xususiy sektorning roli oshib bormoqda. Bugungi kunda xususiy aviakompaniyalar soni 14 taga yetdi. Qo‘shimcha 6 ta yuk va 16 ta yo‘lovchi havo kemasi olib kelindi.
Buxoro, Namangan aeroportlari xususiy sheriklikka berildi, Andijon va Urganch aeroportlari bo‘yicha tender davom etayapti.