Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Telekommunikasiya xizmatlari qoidalari yangilandi

Telekommunikasiya xizmatlari qoidalari yangilandi

Endi:
➖ Raqamni saqlash muddati uzaytirildi. Shaxsiy hisobda mablag‘ yetarli bo‘lmagan taqdirda raqamni bekor qilish muddati 2 oydan 1 yilgacha uzaytiriladi. Bu abonentga raqamni saqlab qolish imkonini beradi;
➖ Tarifni bepul almashtirish huquqi berildi. Abonentlar amaldagi tarif rejasini istalgan boshqa tarifga bepul almashtirishi mumkin. Faqat muayyan guruh yoki cheklangan hudud uchun mo‘ljallangan maxsus tariflar bundan mustasno;
➖ Oldindan xabardor qilish majburiy bo‘ldi. Tarif shartlari o‘zgargan taqdirda, abonentlar bu haqda kamida 15 kun oldin OAV, rasmiy sayt yoki SMS orqali xabardor qilinadi;
➖ Uyga borib xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi. Xizmat punktiga kela olmaydigan fuqarolar uchun yashash joyiga borib xizmat ko‘rsatish, shuningdek olis va yetib borish qiyin hududlarda sayyor mobil xizmatlar tashkil etiladi.

Kiritildi: Bugun 19:41. O'qildi: 392 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!