Durov yozma bayonotida Telegramdan foydalanish haqida ma’lumot berdi.
Har bir foydalanuvchi Telegramda kuniga o‘rtacha 41 daqiqa vaqt sarflaganini bildirgan Durov, ilova o‘tgan yili 547 million dollar daromad keltirganini aytdi.
Uning qayd etishicha, Telegramning oylik faol foydalanuvchilari soni 1 milliarddan oshgan: “Agar Xitoyning WeChatini hisobga olmasangiz, biz WhatsAppdan keyin dunyoda ikkinchi eng mashhur xabar almashish ilovasiga aylandik”.
“WhatsApp – bu Telegramning arzon, suvli taqlididir. Yillar davomida ular bizning innovasiyalarimizdan nusxa olishga astoydil harakat qilishdi, bizning taraqqiyotimizni sekinlashtirish uchun lobbichilik va PRga milliardlab dollar sarflashdi. Ular buni uddalay olishmadi. "Telegram bizning raqobatchimizdan farqli o‘laroq o‘sdi, daromad keltirdi va o‘z mustaqilligini saqlab qoldi", deb ta’kidladi Pavel Durov.