Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Telegramingizga kelgan "soxta" havolalardan ehtiyot bo‘ling!

Telegramingizga kelgan "soxta" havolalardan ehtiyot bo‘ling!

Samarqand viloyatida yashovchi I.T. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 33 mln. so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Samarqand viloyatida yashovchi N.T. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, N.T. internet foydalanuvchilariga telegram messenjeri orqali yolg‘on e’lonlar ostida soxta havola jo‘natib kelgan. Bu e’longa ishongan I.T.ning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kirib, ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning hisobidagi 33 mln. so‘m pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

)Mazkur holat yuzasidan N.T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 22:55 05.09.2024. O'qildi: 951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!