Bugun 25 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Telegramdagi “quruq sut” e’loni bo‘yicha ovga chiqqan firibgar sudlandi

A A A
Telegramdagi “quruq sut” e’loni  bo‘yicha ovga chiqqan firibgar sudlandi

Sudlanuvchi Jamshid Usmonovga (ism shariflar o‘zgartirilgan) xavfli residivist bo‘lgani holda, o‘zganing mulkini aldash yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, 2020 yil 4 mart kuni Damin Omonovga quruq sut mahsulotini sotib olishini aytib, aldab, uning 20.300.000 so‘mlik 1.000 kilogramm quruq sut mahsulotini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

 

Sudlanuvchini suddagi so‘ngi pushaymoni...

Aybimga to‘la iqrorman, 2019 yil kuz oyida “Telegram” ijtimoiy tarmog‘i orqali quruq sut mahsuloti sotilishi haqidadagi e’lonni o‘qib, e’lon bo‘yicha Daminga qo‘ng‘iroq qilganman, unga quruq sut mahsuloti sotib olishimni aytib, Damin bilan o‘zaro kelishib, 13.000.000 so‘mlik quruq sut mahsulotini sotib olganman. Shundan so‘ng oradan ma’lum vaqt o‘tkazib, uning ishonchiga kirib olgach, shu yili bahorda yana mahsulotni sotib olishimni aytib, Daminning 20.300.000 so‘mlik 1.000 kilogramm quruq sut mahsulotini olib, pulini uydan olib yuboraman deb aldab, mahsulotni Samarqand shahridagi “Siyob” bozorida notanish haridorlarga sotib, pulni o‘z ehtiyojimga ishlatib yuborganman. Hozirda qilmishimdan chin ko‘ngildan pushaymonman, bu holat boshqa takrorlanmaydi..., imkon berilsa barcha zararlarni to‘layman..., suddan yengillik berishni so‘rayman....

 

Sud hukmi...

Sud sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlarini eshitib, dastlabki tergov jarayonida, sudda to‘plangan dalillarni tekshirib va muhokama qilib, jinoyat ishidagi hujjatlarni tahlil qilib, taraflarning muzokarasi va sudlanuvchilarning oxirgi so‘zini tinglab, sudlanuvchi Jamshid Usmonovni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismining “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, JK 57,61- moddalari tartibida 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

 

                                                                                     Doniyor Mirzayev,

jinoyat ishlari bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman sudining devonxona mudiri

Kiritildi: 18:05 08.09.2020. O'qildi: 2202 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!