Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Telegram Rossiyadagi bloklashlarni aylanib o‘tishga yordam beradi – Pavel Durov

Telegram Rossiyadagi bloklashlarni aylanib o‘tishga yordam beradi – Pavel Durov

Rossiyada Telegram bloklanishiga qaramay, 65 million kishi undan VPN orqali foydalanmoqda. Hukumatning VPN xizmatlarini taqiqlashga urinishi bank inqiroziga olib keldi — kecha butun mamlakatda faqat naqd pul bilan to‘lov qilish imkoni qoldi.

Durov vaziyatni Eron bilan solishtirdi: "Hukumat kuzatuv ilovalari tarqalishini kutgandi, lekin VPN ommalashib ketdi". Endilikda "Raqamli qarshilik" safiga Erondagi 50 millionlik jamoadan tashqari, Rossiyadan ham yana 50 milliondan ortiq foydalanuvchi qo‘shildi.

"Raqamli qarshilikka xush kelibsiz, rossiyalik birodarlarim. Butun mamlakat bema’ni cheklovlarni aylanib o‘tish uchun birlashdi. Biz Telegram trafigini aniqlash va bloklashni yanada qiyinlashtirish orqali moslashishda davom etamiz", — deb yozadi Durov o‘zining Telegram kanalida.

Kiritildi: Bugun 17:16. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!