Telegram Roskomnadzor bilan doimo aloqada — Rossiya Davlat dumasi qo‘mitasi rahbari.
"Bugungi kunda Telegram ma’muriyati Roskomnadzor bilan doimo aloqada bo‘lib turibdi. Telegram biz olib tashlashni so‘ragan 100 ta materialdan, shartli ravishda aytganda, bir qismi o‘chirdi, bir qismini hali o‘chiriadi", — dedi Sergey Boyarskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, WhatsApp esa, aksincha, biror marta Roskomnadzorning xat yoki e’tirozlariga umuman javob bermagan.
Boyarskiyning qo‘shimcha qilishicha, Telegram'ga Rossiya rasmiylari bilan messenjer bloklanmasligiga imkon beradigan “munosabatlarni yo‘lga qo‘yish” uchun “yana bir necha qadam” qolgan.
Avvalroq Roskomnadzor bir qator messenjerlar, jumladan Telegram hanuzgacha Rossiya qonunchiligiga rioya etmayotgani sababli cheklovlar joriy etishini bildirgan edi.