2024 yilda Telegram messenjeri AQSh rasmiylariga 900 ta so‘rovni bajarib, 2253 nafar foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etdi, deb yozadi 404 Media ixtisoslashtirilgan sayti Telegram Transparency Reports boti ma’lumotlariga tayanib. 1 yanvardan 30 sentyabrgacha Telegram AQShdan jami 108 foydalanuvchiga ta’sir qilgan «IP manzillar va/yoki telefon raqamlari» bo‘yicha bor-yo‘g‘i 14 ta so‘rovni bajargani inobatga olinsa, bu 2024 yil avgustida Fransiyada messenjer asoschisi Pavel Durov hibsga olinganidan so‘ng taqdim etilgan ma’lumotlarning katta o‘sishidan dalolat beradi, deb ta’kidlaydi 404 Media.
Ayni paytda, bot 30 sentyabrdan keyin Rossiyadan kelgan so‘rovlar bo‘yicha ma’lumot bermayapti, deb yozdi The Moscow Times 8 yanvar, chorshanba kuni va kompaniya hisobotiga ko‘ra, Telegram 2024 yil to‘qqiz oyida Rossiya Federasiyasidan birorta ham so‘rovni bajarmaganini ta’kidladi.