Bugun 17 sentyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Tekshiruvchi nazoratda

Tekshiruvchi nazoratda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlarida o‘tkazilayotgan tekshirishlarni qonuniyligi va asoslanganligini muntazam nazorat qilib bormoqda.

Jumladan, Vakil devonining Toshkent viloyati hududiy sho‘’basi tomonidan tadbirkorlardan tushgan murojaatlar va “Yagona Davlat nazorati” axborot tizimi ma’lumotlar bazasi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlilda ayrim Davlat nazorat organlar mansabdorlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida tekshirish o‘tkazishning belgilangan tartibi va muddatlariga rioya etmaslik holatlari aniqlangan.

Bu borda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar uchun 9 nafar soliq, 5 nafardan Tog‘-kon sanoati va geologiya nazorat inspeksiyasi va moliyaviy nazorat, 4 nafar Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tizimi, 2 nafar sanitariya – epidomologiya xizmati va bir nafar O‘simliklar karantini inspeksiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli jazo choralari ko‘rilishi ta’minlandi.

Tadbirkorlarning faoliyatiga asossiz aralashish va ular faoliyatida tekshirish o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya etmaslikning oldini olish borasida doimiy nazorat olib borilmoqda.

Biznes Vakil devoni matbuot xizmati

Kiritildi: 17:42 27.07.2024. O'qildi: 928 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!