Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

Tehrondagi deyarli barcha yo‘l kameralari yillar davomida Isroil tomonidan buzib kirilgan

Tehrondagi deyarli barcha yo‘l kameralari yillar davomida Isroil tomonidan buzib kirilgan

Financial Times nashrining ikki manbaga tayanib xabar berishicha, Tehrondagi yo‘l kuzatuv kameralari yozuvlari shifrlangan holda Tel-Aviv va Isroil janubidagi serverlarga uzatib turilgan. Bu ma’lumotlar oliy rahbar Ali Xomanaiyga qarshi zarba berishda muhim rol o‘ynagan.

Manbalarga ko‘ra, kameralardan birining ko‘rish burchagi Isroil maxsus xizmatlariga Xomanaiy qarorgohi va boshqa hukumat binolari atrofida qo‘riqchilarning avtomobillarni qanday to‘xtatishini kuzatish imkonini bergan. Bu esa qattiq qo‘riqlanadigan majmuadagi kun tartibi haqida ma’lumot to‘plashga yordam bergan.

Isroil razvedkasidagi amaldorning FT’ga aytishicha, zarbadan ancha oldin “biz Tehronni Quddusni bilganimizdek yaxshi bilardik”. Shu bois odatiy manzaradan har qanday chetga chiqishni payqash oson bo‘lgan.

Kameralar yagona manba bo‘lmagan. Nashr yozishicha, ular boshqa ma’lumotlar, jumladan mobil aloqa tarmoqlari orqali olingan axborotlar bilan birga Eron rahbariyati tadbirlari jadvalini aniqlashga yordam bergan.

To‘plangan ma’lumotlarga ko‘ra, 28 fevral kuni Ali Xomanaiy yuqori martabali amaldorlar bilan uchrashuv o‘tkazishi kutilgan. FT manbalari ta’kidlashicha, bu ma’lumotni Isroil maxsus xizmatlariga SRU ham tasdiqlagan. AQSh razvedkasiga esa bu haqda axborotni informator yetkazgan. SRU izoh berishdan bosh tortgan.

Nashrga ko‘ra, hukumat majmuasiga berilgan va Xomanaiy hamda boshqa rahbarlar halok bo‘lgan zarba Isroil va AQSh tomonidan olingan ikki mustaqil razvedka ma’lumoti asosida amalga oshirilgan.

Kiritildi: Bugun 17:14. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!