Poytaxt va Alborz viloyatidagi Eron elektr inshootlariga nishonga olingan hujumlar uyushtirildi.
Bu haqda Eron energetika vaziri Abbos Aliobadiy Al Jazeera telekanaliga ma’lum qildi.
"Tehron mintaqasi va Alborz viloyatidagi elektr inshootlariga nishonga olingan hujumlar uyushtirildi", deb ta’kidladi u.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Tehron va Karaj shahrida elektr uzilishlari qayd etilgan va ta’mirlash guruhlari hozirda zararni kamaytirish ustida ishlamoqda.