Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Tehron Rossiyaga qurol yetkazib bermagan — Eron prezidenti

 Tehron Rossiyaga qurol yetkazib bermagan — Eron prezidenti

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyonning aytishicha, u avgust oyida hokimiyatni qo‘lga kiritganidan beri Rossiyaga hech qanday qurol yetkazib berilmagan.

"Biz Rossiyaga qurol yetkazib bermaganmiz", — deya ta’kidladi Pezeshkiyon matbuot anjumanida.

Shu bilan birga, Pezeshkiyon Eron va Rossiya munosabatlarni saqlab qolish “huquqiga ega ekanini qo‘shimcha qilib, Ukrainadagi urushni NATO "sharqqa tomon kengaymaslik" haqidagi va’dasini buzgan holda qo‘zg‘atganini aytdi.

Centyabr oyi boshida G‘arb matbuoti Rossiya Ukrainaga qarshi urushda foydalanish uchun Erondan qisqa masofaga mo‘ljallangan ballistik raketalarni olgani haqida xabar bergan edi. Rasmiy Vashington bu ma’lumotni na tasdiqladi, na inkor qildi. Ukraina esa Eronni ikki tomonlama munosabatlar uchun "halokatli oqibatlar"dan ogohlantirdi.

Kiritildi: 22:36 16.09.2024. O'qildi: 1075 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!