Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Tehron Bokuning zilziladan jabrlanganlarga yordam berish taklifini rad etdi

Tehron Bokuning zilziladan jabrlanganlarga yordam berish taklifini rad etdi

Tehron Ozarbayjonning dahshatli zilziladan jabr ko‘rgan Xoy shahri aholisiga yordam berish taklifini rad etdi.

“Anadolu” agentligining diplomatik manbalarga tayanib yozishicha, Tehrondagi Ozarbayjon elchixonasiga uyushtirilgan terakt oqibatida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlardagi inqirozga qaramay, Ozarbayjon hukumati Eronga falokat oqibatlarini bartaraf etishda yordam berishni taklif qilgan, biroq Eron tomoni rad javobini bergan.

G‘arbiy Ozarbayjon viloyatining Xoy shahrida 28 yanvar kuni 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.

Ozarbayjon millatiga mansub aholi zich joylashgan hududda, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 1500 ta uy vayron bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning zilziladan keyin sovuq havoda tashqarida qolib, kerakli yordam olmagani aks etgan lavhalar paydo bo‘ldi.

Kiritildi: 09:31 03.02.2023. O'qildi: 2383 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!