AQSh vise-prezidenti Jey Di Vensning Islomobodga rejalashtirilgan diplomatik safari Eron tomonidan javob bo‘lmagani sababli qoldirildi.
The New York Times nashrining AQSh rasmiylariga tayanib xabar berishicha, vise-prezident Islomobodda eronlik muzokarachilar bilan yadroviy kelishuv masalasini muhokama qilishi kutilayotgan edi. Biroq Tehron Vashington taklif qilgan muzokara shartlariga munosabat bildirmagach, safarni keyinga qoldirishga qaror qilingan.
Ta’kidlanishicha, Vensning tashrifi hozircha butunlay bekor qilinmagan, balki Eron tomonidan aniq bir ishora bo‘lgunga qadar to‘xtatib turilgan. Oq uy muzokaralar stoliga qaytish uchun Tehronning roziligini kutmoqda.