Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

TDT bojxonalarda “yagona oyna” va “yagona bekat” tizimini joriy qiladi

TDT bojxonalarda “yagona oyna” va “yagona bekat” tizimini joriy qiladi

Turkiy davlatlar tashkiloti bojxona xizmati rahbarlarining Bokuda bo‘lib o‘tgan 10-yig‘ilishida boj tartibini soddalashtirish maqsadida “yagona oyna” va “yagona bekat” tizimlarini joriy etishga kelishib olindi. Shuningdek, Ozarbayjonning “Trans-Kaspiy bojxona tranziti portali” to‘g‘risidagi taklifi ham ishtirokchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Bosh kotib Qubanichbek Omuraliyev ijtimoiy tarmoq sahifasida yozishicha, tadbirda soddalashtirilgan bojxona yo‘lagini ishlab chiqish, tajriba loyihalarini ishga tushirish va axborot almashish bo‘yicha ham tegishli qarorlar qabul qilingan.

Kiritildi: 10:45 18.01.2025. O'qildi: 607 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!