Beshafqat ajal ajoyib inson, Jizzax viloyati IIB Paxtakor tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish guruhi katta inspektori, katta leytenant Egamqulov Fayzulla Orziqul o‘g‘lini 2021 yilning 12 oktyabr kuni 29 yoshida oramizdan olib ketdi.
Fayzulla Egamqulov 1992 yilning 14 noyabr kuni SH.Rashidov tumanida tug‘ilgan edi. U o‘rta umumta’lim maktabini tamomlab O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini 2018 yilda Mirzacho‘l tumani IIB huquqbuzarliklarning oldini olish guruhi milisiya tayanch punktlari profilaktika inspektori vazifasida boshladi. Ushbu vazifada 2021 yilgacha, joriy yildan umrining so‘nggiga qadar Paxtakor tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish guruhi katta inspektori vazifasida samarali faoliyati yuritdi.
Fayzulla Egamqulov xizmat faoliyati davomida el-yurt osoyishtaligini ta’minlash,
huquqbuzarliklarning oldini olishga o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. Ko‘plab yutuqlarga erishdi.
Ajoyib inson Fayzulla Egamqulovning yorqin xotirasi yaqinlari, safdoshlari, do‘stlari va hamkasblari qalbida umrbod saqlanib qoladi.