Bugun 1 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Tayyor va yarim tayyor mahsulotlar eksporti 3,3 barobarga ko‘paytiriladi

A A A
Tayyor va yarim tayyor mahsulotlar eksporti 3,3 barobarga ko‘paytiriladi

Keyingi yillarda mamlakatimizda eksport salohiyatini oshirish borasida muhim qadamlar tashlanmoqda. Sababi eksport salohiyatini kengayishi mamlakatning iqtisodiy yuksalishi va farovonligining muhim omillaridan biridir.

Mahsulot va xizmatlarning sifati, raqobatbardoshligini oshirish ularni xorijiy xaridorlar uchun yanada jozibador qilish imkonini beradi. Bunga albatta zamonaviy texnologiyalarni takomillashtirish, sifat standartlarini yaxshilash, brend va marketing strategiyalarini ishlab chiqish kiradi. Eksport geografiyasini kengaytirish mavjud xavflarni diversifikasiya qilish va eksport hajmini oshirishga yordam beradi.

Yurtimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar kabi respublikamizning eksport salohiyatini oshirish, eksportchi korxonalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash va valyuta tushumlarini ko‘paytirishga qaratilgan ulkan ishlar qilindi.

O‘zbekiston 2030 yilda tovar va xizmatlar eksportini 45 mlrd AQSh dollariga yetkazish maqsadi qo‘yilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichga erishish uchun keyingi 5 yilda amalga oshiriladigan aniq vazifalar belgilab olindi. Jumladan, eksportchi korxonalar soni 6,5 mingtadan 15 mingtaga yetkazilib, aylanma mablag‘lar uchun 600 dan ortiq korxonaga Eksportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan qulay shartlarda mablag‘lar ajratiladi. “GSP+” va boshqa tizimlardan foydalangan holda tayyor va yarim tayyor mahsulotlar eksporti 3,3 barobarga ko‘paytiriladi.

Xususan, “GSP+” tizimi doirasida Yevropa davlatlariga to‘qimachilik mahsulotlari eksport hajmlarini 1,7 mlrd AQSh dollar, qurilish materiallari eksport hajmi 170 mln, elektrotexnika sanoati mahsulotlarining eksport hajmi 150 mln, charm-poyabzal sanoati mahsulotlari eksporti 165 mln, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 165 mln va farmasevtika mahsulotlar eksporti 17 mln AQSh dollariga yetkaziladi.

Shuningdek, xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar soni 10 barobarga oshirilib, ularning soni 5 mingtaga yetkaziladi. Tarmoqlar va sohalarda esa 2030 yilga borib xalqaro standartlar joriy qilingan korxonalar soni to‘qimachilikda 700, qurilishda 1 400, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasida 1 475, charm-poyabzal sohasida 425 taga va elektrotexnika sohasida 600 taga oshadi.

Xorijiy brend mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari bilan “autsorsing” va “franchayzing” asosida hududlarda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish choralari ko‘riladi. Bunda, Biznes-forumlar, uchrashuvlar va “V2V” formatida muzokaralar o‘tkazish uchun mamlakatlar kesimida to‘qimachilik mahsulotlarining yetakchi xalqaro brendlari ro‘yxati shakllantiriladi.

Shu bilan birga, yetakchi brendlar jalb qilinib, ular bilan shartnomalar tuzish orqali xalqaro yetakchi konsalting tashkilotlari jalb qilinadi. Xalqaro moliya korporasiyasi (AQSh), Voston Sonsulting Group (AQSh), Deloitte (Buyuk Britaniya), MsKinseu & Somranu (AQSh), KRMG (Niderlandiya), PwC (Price Water House Coopers) (Buyuk Britaniya), Vain & Komraniua (AQSh), Oliver Wuman (AQSh) shular jumlasidan.

Umuman olganda, eksport hajmi va mahsulot turlarini ko‘paytirish mamlakatimiz daromadining oshishiga xizmat qiladi. Bu, o‘z navbatida, fuqarolarning turmush darajasini oshirish, iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga sarmoya jalb etish va ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish imkonini beradi.

Kiritildi: 17:47 14.11.2023. O'qildi: 2697 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!