Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Agentlik xabariga ko‘ra, tayfun oqibatida ko‘chalarni suv bosgan, shamol tezligi 191 km/soatga yetgan. Bu esa 5500 dan ortiq odamning evakuasiya qilinishiga, shuningdek, 252 ta ichki va 129 ta xalqaro reysning bekor qilinishiga olib kelgan.
"Tayfun zarbasi natijasida 30 dan ortiq odam jabrlangan. Bir odam bedarak yo‘qolgan", deya ma’lum qildi Tayvan Favqulodda vaziyatlarga qarshi kurash markazi.