Mamlakat Bosh savdo palatasi raisi Pol Syuy Pekin va Taybey ma’muriyatlarini iqtisodiy aloqalar hamda turizmni siyosiy kelishmovchiliklardan xoli tarzda tiklashni so‘radi. Uning ta’kidlashicha, iqtisodiy ochilish jarayoni "tizimli va normallashgan" bo‘lishi kerak, toki biznes vakillari uzoq muddatli barqarorlikka ishonch hosil qila olsin.
Bu bayonot Xitoy tomonidan Tayvan uchun turizm va oziq-ovqat importi bo‘yicha yangi yengilliklar e’lon qilinganidan so‘ng yangradi. Biroq Xitoy ushbu iqtisodiy imtiyozlarni Tayvan mustaqilligiga qarshi turish sharti bilan bog‘lamoqda. O‘z navbatida, Tayvan hukumati sanoat vakillarining talablarini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgan bo‘lsa-da, biznes doiralarini Xitoy kommunistlarining siyosiy "manipulyasiya quroliga" aylanib qolmaslikdan ogohlantirdi.